Ugu Almeyda "Chezena"ga o'tishga yaqin

Aziz Tukhtamuradov
6 okt 2014, 21:49
Portugaliyalik futbolchi Ugu Almeyda bugun "Chezena"da tibbiy ko'rikdan o'tadi.
30 yoshli futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tish va klub bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga uchib bordi.

Tomonlar shartnoma masalasida kelishib olishgan. Yaqin vaqtlar ichida ushbu transfer haqida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, yozda "Beshiktosh" bilan shartnomasi yakunlangan Almeyda ayni paytda erkin agent hisoblanadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru