UEFA YCHLda hafta o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2021, 19:30
Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turining eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar ma'lum bo'ldi.

UEFA short-listidan "Liverpul" darvozaboni Alisson, "Zalcburg" xavbeki Noa Okafor, "Sporting" va "Ayaks" himoyachilari Sebastyan Koates va Deyli Blind o'rin olgan.

Alisson "Atletiko" bilan to'qnashuvda 3 ta seyvni amalga oshirdi (3:2), Okafor va Koates "Volfsburg" (3:1) va "Beshiktosh" (4:1) bilan o'yinlarda dubl qayd etishdi, Blind esa "Borussiya Dortmund" darvozasini ishg'ol qildi (4:0).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com