Uchinchi marta: Srechko Katanets Eron va BAAga qarshi o'yinlarda O'zbekiston termasiga yordam berolmaydi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2024, 13:32
O'zbekiston milliy terma jamoasi 7 oktyabr kuni Jahon chempionati saralash bahslarining Eron va BAA terma jamoalariga qarshi o'yinlar oldidan navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.

"Bosh murabbiyimiz Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko'ra ushbu yig'inda qatnasha olmaydi. Ikkita uchrashuvga jamoamizni yordamchi murabbiylar Aleish Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlashadi. Srechko Katanetsga salomatlik tilaymiz", – deyiladi O'FA xabarida.

Avvalroq terma jamoa ustozi Srechko Katanets "Agar uchinchi marta terma jamoani sog'lig'im tufayli tark etsam, boshqa qaytib kelmayman", degan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати