

Bugun Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ilk turda Yaponiyaga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda yaponlar 4:0 hisobida zafar quchishdi.
Guruhdagi ikkinchi o'yinda KXDR Xitoy Taypeini 5:0 hisobida tor-mor etdi. O'zbekiston o'smirlari keyingi turni 7 noyabr kuni KXDRga qarshi, Xitoy Taypei esa Yaponiyaga qarshi o'tkazadi.
Yaponiya - O'zbekiston 4:0
Gollar: Nagano Fuka 54, Ueki Riko 60, Miyazava Xinata 78, Takarada Saori 81.
O'zbekiston: Maftuna Jonimqulov, Mahliyo Nazarqulova (Gulzoda Amirova, 64), Shahnoza Qurbonova (Ruzixon Asqarova, 81), Malika Burxonova, Feruza Boboxo'jaeva, Maftuna Shoyimova, Dildora Ergasheva, Shohida Tojiddinova, Shahnoza Shakirova, Sevara Normurodova, Maftuna Panjieva.



