

Turkiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Egemen Korkmaz maydondagi vaziyat tufayli og'ir jarohat oldi.
Hammasi uchrashuvning 32-daqiqasida boshlandi. Hakam turk futbolchisini maydondan chetlatganidan so'ng, Korkmaz hissiyotlarini jilovlay olmay, etiroz sifatida pidjagini echa boshladi. Shu paytda u kutilmaganda sirg'alib ketdi va erga yiqilib, boshi bilan juda qattiq zarba oldi.
Murabbiy voqea joyida hushini yo'qotdi. Stadiondagi shifokorlar unga birinchi yordamni ko'rsatib, tez yordam mashinasida reanimaciyaga olib ketishdi. Yo'lda u yana bir bor hushini yo'qotgan va shifoxonaga o'ta og'ir holatda olib borilgan. 🤕
Ushbu hodisa sababli to'xtatilgan o'yin shu kuni davom ettirilmadi. Futbolchilar kiyinish xonasiga yo'l olishdi, bahsning yangi sanasi keyinroq e'lon qilinishi aytilmoqda.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Egemen Korkmaz shifoxonada o'ziga kelgan va hozirda uning hayotiga hech qanday xavf tahdid solmayapti.



