"Torino" va "Jenoa" "Roma"dan Iturbeni ijaraga olishmoqchi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2016, 15:49
"Torino" va "Jenoa" "Roma" hujumchisi Xuan Iturbega qiziqish bildirmoqda.

Ikkala klub ham uni ijaraga olmoqchi.

Argentinalik "Roma" bosh murabbiyi Luchano Spaletti ishonchini oqlamadi, shu sababli klub uni qo'yib yuborishga tayyor. Ma'lumotlarga ko'ra, "Torino"ning Iturbeni ijaraga olish imkoniyati ko'proq.

2014 yilda "Roma" "Verona"ga 23 yoshli hujumchi uchun 24,5 mln. evro to'lagan. Joriy mavsumda Iturbe barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia