The Best-2019. FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilari aniqlandi

Eldor Akmurzayev
24 sen 2019, 01:10
Italiyaning Milan shahridagi La-Skala opera teatrida FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo'lib o'tdi.

Megan Rapino – yilning eng yaxshi ayol futbolchisi! 

Lionel Messi  – yilning eng yaxshi erkak futbolchisi!!!

Darvozabon: Alisson (Liverpul).

Himoyachilar: Matteys de Ligt (Ayaks/Yuventus), Serxio Ramos, Marselo (ikkalasi – Real), Virjil van Deyk (Liverpul).

Yarim himoyachilar: Luka Modrich (Real), Frenki de Yong (Ayaks/Barselona).

Hujumchilar: Kilian Mbappe (PSJ), Lionel Messi (Barselona), Eden Azar (Chelsi/Real), Krishtianu Ronaldu (Yuventus).

Yil ramziy terma jamoasi e'lon qilindi

Ellisga mazkur sovrinni taniqli mutaxassis Joze Mourinyo topshirdi.

Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi murabbiyi – Jill Ellis (AQSH termasi)

Yilning eng yaxshi erkak darvozaboni – Alisson Bekker (Liverpul, Braziliya).

FIFA talqiniga ko'ra ayol futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa 

Ronaldu bugungi marosimga kelmagani haqida xabar qilgandik, shuningdek, yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga da'vogarlik qilgan Manchester Siti ustozi Pep Gvardiola ham tadbirda qatnashmayotgani ma'lum bo'ldi. 

FIFAning feyr-pley sovrini Lids murabbiyi Marselo Belsaga nasib etdi

Sari van Venendal (Gollandiya terma jamoasi) - yilning eng yaxshi ayol darvozaboni!

FIFA yilning eng yaxshi futbol muxlisi sovrinini Silviya Grekoga taqdim etdi. U ko'zi ojiz farzandiga maydondagi holatlar haqida ma'lumot berib turgan.

Yurgen Klopp ("Liverpul") - yilning eng yaxshi erkaklar jamoasi murabbiyi!

Daniel Jori – yilning eng chiroyli goli muallifi

Musiqiy chiqishdan so'ng, taqdirlash marosimining asosiy qismiga start berildi!

Yuventus forvardi Krishtianu Ronaldu marosimga kelmagani oydinlashmoqda

Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga da'vogar Maurissio Pochettino hamda uning rafiqasi

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nomida da'vogarlar Aleks Morgan hamda Megan Rapino

Real himoyachisi Marselo oilasi bilan La-Skalaga keldi

FIFA talqiniga ko'ra 2018-yilning eng yaxshi futbolchisi Luka Modrich esdalik uchun rasmga tushdi

PSJ forvardi Kilian Mbappe ham Milanga keldi

Lionel Messi tadbirga oilasi bilan tashrif buyurdi

The Best-2019 sovriniga da'vogarlik qilayotgan Liverpul a'zolari fotosessiyada ishtirok etishdi

Bugungi marosimga futbol olamining ko'plab mashhur shaxslari tashrif buyurmoqda:

Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi nomiga da'vogarlar – Virjil Van Deyk (Liverpul, Gollandiya), Lionel Messi (Barselona, Argentina), Krishtianu Ronaldu (Yuventus, Portugaliya).

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nomiga da'vogarlar – Lyusi Brounz, Megan Rapino, Aleks Morgan.

Yilning eng yaxshi erkaklar jamoasi murabbiyi nomiga da'vogarlar – Maurissio Pochettino (Tottenhem), Pep Gvardiola (Manchester Siti), Yurgen Klopp (Liverpul).

Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi murabbiyi nomiga da'vogarlar –  Fil Nevill, Jill Ellis, Sarina Vigman.

Yilning eng yaxshi erkak darvozaboni nomiga da'vogarlar – Ederson (Manchester Siti, Braziliya), Mark-Andre ter Shtegen (Barselona, Germaniya), Alisson Bekker (Liverpul, Braziliya).

Yilning eng yaxshi ayol darvozaboni nomiga da'vogarlar – Kristian Endler, Xedvig Lindal, Sari van Venendal.

Yilning eng chiroyli goliga da'vogarlar – Lionel Messi (Barselona); Xuan Kintero (River Pleyt), Daniel Jori (Debrecen).


Demak, bugun quyidagi nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia