Terma jamoamiz Janubiy Koreyaning Tedjon shahrida!

Nadirkhuja Yuldashev
25 mar 2015
Kecha Toshkent - Incheon yo'nalishi bo'ylab parvoz qilgan O'zbekiston milliy terma jamoasi manzilga yetib bordi.

27 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaning Tedjon shahrida mezbonlarga qarshi, yil hisobidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Mazkur o'yin Tedjon shahrida bo'lib o'tadi. 


O'zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati bo'lib o'tgan stadionga 12 km yaqinlikdagi "Intersiti" mehmonxonasiga joylashdilar. Janubiy Koreyada safimizga qo'shilishi kerak bo'lgan Server Jeparov va Anzur Ismoilov allaqachon terma jamoamiz qarorgohidan o'rin olib bo'ldilar.


Bugun Mirjalol Qosimov Tedjondagi birinchi mashg'ulotini o'tkazadi. 


Eslatib o'tamiz, 31 mart kuni Tokioda terma jamoamiz Yaponiya terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydona chiqadilar.



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia