Tennis qiyinmi yoki futbol? Bu savolga dunyoning 13-raketkasi javob berdi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2026, 00:36
Qozog'istonlik tennischi, dunyoning 13-raqamli raketkasi Aleksandr Bublik tennis futbolga qaraganda og'irroq sport turi deb hisoblaydi.

- Xo'sh, fikringizcha, nima og'irroq: futbolmi yoki tennis?

- Menimcha, bular butunlay boshqa-boshqa o'yinlar, lekin biz qo'llarimiz bilan ham o'ynashimiz, oyoqlarimiz bilan harakatlanishimizga keladigan bo'lsak, ehtimol, bizga biroz og'irroq bo'lsa kerak, qolaversa, biz yolg'iz o'ynaymiz va bizda o'yin vaqti aniq emas desak ham bo'ladi. Birdan besh soatgacha, deylik. Nazarimda, biz... Biz ham harakatlanishimiz, ham to'pga zarba berishimiz kerak, qolaversa, bizda har bir geym tugashi bilan uni yo yutasiz, yo yutqazasiz va siz yolg'izsiz, – dedi Bublik Karen Adamyanning YouTube-kanalidagi videoda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com