Tayrell Malasia 17 oy deganda maydonga qaytmoqda. U bugun o'rinbosarlar safida futbol o'ynaydi

Administrator
13 noya 2024, 00:16
Futbolchi U-21 musobaqasida maydonga qaytadi.

"Manchester Yunayted" klubi futbolchisi Tayrell Malasiya uzoq muddatli jarohatidan so'ng ilk marta maydonga qaytmoqda. Futbolchi 2023 yilning iyun oyida tizzasidan og'ir jarohat olgandi. Shundan so'ng u jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazgandi.

Bugun esa Tayrell Malasiya "Manchester Yunayted" va "Xaddersfild" o'rtasidagi U-21 chempionati o'yinida maydonga tushadi.

Ma'lumot uchun, Tayrell Malasiya 2022 yil "Feyenoord"dan 15 mln evro evaziga sotib olingandi.


AdministratorMuallif
Manba: manutd.com