Superliganing 2-turida hakamlar bir nechta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi

Оқил Абдубарноев
9 mar 2026, 19:43
Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda O'zbekiston Superligasi 2-turidagi bahsli vaziyatlarni tahlil qilib chiqdi.

 "Qo'qon-1912" - "Paxtakor"

Fikrimizcha, "Qo'qon-1912" himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichida qoida buzmoqda. U to'pga o'ynamay, raqibining ustiga "sakramoqda". To'g'ri qaror – penalti.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


❌✅ "Qo'qon-1912" - "Paxtakor"

Ushbu vaziyatni ikki fazaga bo'lamiz. Hattoki "Qo'qon-1912" hujumchisi ofsaydda emasdi deb farz qilganimizda ham, u va "Paxtakor" himoyachisi o'rtasidagi to'qnashuv qoidabuzarlik emas. To'g'ri, kichik "ilmoq" bor edi, ammo to'qnashuv juda engil. Hujumchi himoyachining qo'lini his qilishi bilan yiqila boshladi. Bu yerdagi eng ideal qaror - o'yinni davom ettirish.

Ofsayd masalasiga kelsak: VAR hakamlari "Qo'qon-1912" hujumchisini ofsaydda deb hisoblashdi. Biroq u o'zaro yaqin joylashganlari sababli o'z raqibini qo'riqlash uchun kelgan "Paxtakor" himoyachisiga hech qanday xalaqit bermadi. "Qo'qon-1912" hujumchisi "Paxtakor" himoyachisining yakkakurashga kirishishiga to'sqinlik qilmadi va uning to'p sari harakatini bloklamadi.

Murakkab, kompleks vaziyat. Aytish mumkinki, hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishdi va bu xatolar yakunda bir-birini "yopib yubordi", natijada yakuniy qaror to'g'ri bo'lib chiqdi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Qo'qon-1912" - "Paxtakor"

Bizningcha, hakam penalti belgilab to'g'ri qaror qabul qilgan. "Paxtakor" himoyachisi to'pga o'ynashga ulgurmay, raqibini chalib yiqitdi. Yuqori tezlikda bunday kichik to'qnashuv ham etarli bo'ladi. To'g'ri qaror - penalti va jarima maydonchasi ichida to'pga o'ynashga harakat qilayotganda raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun sariq kartochka.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


✅❓ "Mashal" - "Lokomotiv"

Avvalo shuni ta'kidlab o'tamiz: yomg'ir tufayli maydon unchalik yaxshi holatda bo'lmasa-da, bunday sharoitda o'yin o'tkazish mumkin edi. To'p muammolar bilan bo'lsa-da, maydon bo'ylab harakatlanmoqda. Hakam va o'yin delegati uchrashuvni o'tkazish bo'yicha qaror qabul qilishgan, ularga ishonmaslik uchun asos yo'q.

Bevosita vaziyatning o'ziga keladigan bo'lsak, katta ehtimol bilan to'p darvoza chizig'idan maydonni tark etgan. Boshqa rakursdagi takroriy lavhalar yo'qligi sababli buni tekshira olmaymiz. Agar yordamchi hakam adashgan deb faraz qilsak ham, VAR ushbu vaziyatga aralasha olmasdi, chunki hushtak gol urilishidan avvalroq chalingan edi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Mashal" - "Lokomotiv"

Fikrimizcha, hakam "Mashal" himoyachisini raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun maydondan chetlatib, to'g'ri qaror qabul qilgan. "Lokomotiv" hujumchisi darvozaning to'g'risida turgan edi, ikkinchi himoyachi esa qizil kartochka olgan sherigini qo'llab-quvvatlashga ulgurmadi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Bunyodkor" - "Dinamo"

"Dinamo"ning goli to'g'ri bekor qilindi. Qachonki to'p maydon chimi va darvozabon tanasining istalgan qismi orasida bo'lsa, darvozabon to'pni nazorat qilyapti deb hisoblanadi. Hakam golni inobatga olmay to'g'ri qaror chiqargan.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


 "So'g'diyona" - "Nasaf"

"So'g'diyona" futbolchisi to'p uchun kurashsiz holatda raqibining yuziga tirsagi bilan zarba berdi. U tirsagining o'tkir qismi bilan ancha kuchli zarba yo'lladi. VAR epizodga to'g'ri aralashdi, biroq bosh hakam yakunda qizil kartochka ko'rsatmaslikka qaror qilib, xatoga yo'l qo'ydi..

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"So'g'diyona" - "Nasaf"

"Nasaf" darvozasiga penalti haqqoniy belgilandi. Himoyachi to'pga birinchi bo'lib yetib kela olmagach, ehtiyotsizlik oqibatida qo'pollik ishlatdi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia