

Superliga
7-tur
"Xorazm" – "Qo'qon-1912" 2:2
Urganch. “Xorazm” sport majmuasi. 18:00
Gollar: Bubakar Traore 5’, Sunnatulloh Hamidjonov (Rustam Abduhamidov) 49’ – Silvanus Nimeli (Javohir Husanov) 24’, Sunnatulloh Hamidjonov avtogol 60’
Bosh hakam: Jasur Muxtorov
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Shavkat Rahmatov
Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Xayriniso Erkinova
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Shohruh Said
"Xorazm": 33.Nikola Stoshich, 5.Abbos Otaxonov, 8.Nodir Abduxoliqov (17.Daniil Nugmanov, 83), 10.Yanis Leri, 13.Elzio Lohan, 15.Diyor Ortiqboev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 94.Rustam Abduhamidov (7.Temur Ismailov, 65), 97.Bubakar Traore (79.Azizjon Axrorov, 65).
Zaxira: 1.Mashhur Muhammadov, 6.Shohjahon Sultonmurodov, 9.Jasur Azimov, 11.Danila Ejov, 80.Farruh Ibrohimov, 88.Abror Xo'sinov.
"Qo'qon-1912": 1.Rustam Nortojiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Jasur Yoqubov, 8.Shota Gvazava (6.Alisher Salimov, 75), 9.Javohir Husanov (7.Javohir Sidiqov, 59), 11.Silvanus Nimeli (22.Toma Tabatadze, 75), 19.Shahzod Akramov, 20.Iqboljon Malikjonov, 21.G'ulomhaydar Gulyamov, 69.Egor Kondratyuk, 99.Muhammadanas Hasanov (10.Shohruh Gadoev, 59).
Zaxira: 13.Azizxon Isaqov, 15.Zafar Hakimov, 18.Muhriddin Pazildinov, 44.Andro Giorgadze, 70.Shohruh Mahmuhojiev.
Ogohlantirishlar: Jasur Yoqubov (11), Sunnatulloh Hamidjonov (53), Iqboljon Malikjonov (79), Asliddin Toshtemirov (83).
MATNLI TRANSLYATSIYA
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+4. Toshtemirov Axrorovni yiqitdi va ikkinchi sariqni ishlagani uchun maydondan chetlatildi! 🟨🟥
90+3. Gadoev katta tezlikda qanotdan oldinga yetib kelgan Akramovni to'p bilan taminlamoqch bo'ldi, biroq ancha qattiq tepib yubordi.
90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi.
86. Kondratyuk oldinga o'tib ketishiga Pirmuhammadov yo'l qo'ymadi, aut.
83. “Xorazm”da o'zgarish: Abduxoliqov o'rniga Nugmanov maydonga tushdi.
83. Leriga nisbatan taktik fol ishlatgan Toshtemirov sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 🟨
81. Hamidjonovning ichkariga oshirib bergan pasidan keyin to'p bir yo'la maydondan chiqib ketdi.
79. Hujumga qochib ketayotgan Lohanni yiqitgan Malikjonov ogohlantirildi. 🟨
78. Zarbaa! Sidiqovning zarbasini Stoshich qaytardi, keyingi vaziyatda Gadoev zarba berib ko'rdi, noaniq. 💥
75. “Qo'qon-1912”da 2 ta o'zgarish: Nimeli o'rniga Tabatadze, Gvazava o'rniga Salimov o'yinni davom ettiradigan bo'ldi.
73. Zarbaaa! Pirmuhammadovning uzatmasidan keyin Leri boshi bilan yaqin burchakni nishonga olishga urindi, noaniq. 💥
72. Gvazava maydon markazida Leriga nisbatan qoidani buzdi.

70. Malikjonovning faolligi evaziga to'p qanotda Axrorovga tegib maydondan chiqib ketdi.
66. Uuux! Ismoilovning zarbasidan keyin to'p himoyachilarga tegib maydonni tark etdi.
65. “Xorazm”da 2 ta almashtirish: Traore o'rniga Axrorov, Abduhamidov o'rniga Ismoilov tushirildi.
60. GOL! Malikjonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Stoshich to'pni ushlay olmadi va to'p Hamidjonovga tegib darvoza to'ridan joy oldi, avtogol - 2:2!
59. “Qo'qon-1912”da 2 ta o'zgarish: Husanov o'rniga Sidiqov, Hasanov o'rniga Gadoev bahsni davom ettiradi.
55. Uuux! Leri to'pni o'ziga qulaylashtirib, xavfli, biroq noaniq zarba muallifiga aylandi. 💥
53. Hamidjonov Hasanovga nisbatan fol ishlatgani uchun sariq kartochka oldi. 🟨
51. Otaxonov va Kondratyuk o'zaro turtilib, tortishib qoldi. Hakam xorazmliklar himoyachisini og'zaki ogohlantirdi.
49. GOL! Abduhamidovning pasidan keyin Hamidjonov o'ng oyoqdagi zarbasi orqali gol urdi - 2:1! ⚽️
47. Uux! Leri chalqancha uslubda zarba berish ilinjida Toshtemirovni tepib yubordi. Futbolchiga tibbiy yordam berildi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob teng - 1:1. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. Zarba! Kondratyuk yana bir bor yaqin masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, zarba sal noaniq ko'rinish oldi.
41. Malikjonov o'ng qanotdan hujum sari ketayotganida Otaxonov uni yiqitishga majbur bo'ldi.
40. Nimeli bilan o'zaro pas o'ynab, chap qanotdan oldinga borgan Akramov to'pni ancha uzoqlashtirib yubordi. Endi erkin zarba tepiladi.
37. Uuux! Lohanning pasidan so'ng Abduhamidov qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi. Uning zarbasidan so'ng to'p ancha noaniq ketdi. 💥
36. Bu gal Abduhamidov uzun pasni qabul qilib olgach, jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam hech narsa yo'qligini aytdi. Muxlislar esa norozi.
35. Stoshich havodagi to'pni qabul qilgach, maydonga noqulay yiqildi. Otaxonov bunga qaysidir manoda sababchi bo'lgan Nimeliga norozilik bildirdi.

34. Penalti uchun asos topilmadi va bahs davom etadi.
33. Bubakar Traore uzun pasni qabul qilib, katta tezlikda ichkariga kirdi va yiqildi. Vaziyatni VAR tekshirmoqda, uni Akramov yiqitgan bo'lishi mumkin. ❗️
31. “Qo'qon-1912” a'zosining ichkariga uzatgan to'pini xorazmlik himoyachilar uzoqlashtirdi.
28. Abduxoliqovning burchak zarbasidan oshirib bergan pasi ancha noaniq ko'rinish oldi.
24. GOL! Husanovning uzatmasidan so'ng darvoza oldida turgan Nimeli o'ng oyoqda to'pni darvozaga kiritdi - 1:1!
23. Uuux! Hasanovning jarima maydonchasi ichidagi kuchli aylanma zarbasi xavfli, ammo sal noaniq chiqdi. 💥
21. Nimeli to'pni qabul qilib olib, Husanovni bitta pas bilan qulay nuqtaga etaklamoqchi bo'ldi, biroq hujumchi ofsaydda ekani aniq bo'ldi.
19. Kuchli yomg'ir yog'ayotganiga qaramay, bu o'yin tempiga ta’sir ko'rsatganicha yo'q.
17. Zarba! Kondratyuk havodan kelgan to'pni to'g'ri darvoza tomon yo'naltirdi, Stoshich ishonchli ravishda uni egallab oldi.
14. Lohan Abduhamidovni to'p bilan taminladi, so'ng uning uzatmasidan keyin Malikjonov to'pni uzoqlashtirdi.
12. Zarba! Abduxoliqov kuchli, ammo ancha noaniq zarba berdi.
11. “Xorazm” a'zosi Lerini yiqitgan himoyachi Yoqubov ogohlantirildi. 🟨
7. Gulyamovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Hasanov bosh bilan sherigiga pas berishga urindi, ammo to'pga darvozabon Stoshich ega chiqdi.
5. GOL! Jarima maydonchasi ichidagi pala-partishlikdan keyin Bubakar Traore yaqin masofadan turib darvozani ishg'ol etdi - 1:0! ⚽️
4. Malikjonov bilan havodagi kurashda jabrlangan Bubakar Traorega tibbiy yordam ko'rsatildi.
2. Zarba! Nimelining zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.
1. Bahs start oldi!
Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.



