

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.
Superliga. Tur murabbiyi - Ulug'bek Baqoev
Ortda qolgan 4-turning eng yaxshi o'yinchisi deb "Metallurg" yarim himoyachisi Doniyor Narzullaev topildi. Doniyor kecha o'ziga xos natija qayd etdi. Yani, golli pas berish borasida xet-trik qildi. "Metallurg"ning "Lokomotiv" darvozasiga kiritgan har uchchala goliga ham aynan u pas berdi. Ichki chempionatlarimiz tarixida birinchi marta "Metallurg" futbolchisi bir o'yinda uchta golli pas berdi. Superligada esa oxirgi marta 2019 yilning 19 oktyabrida "Paxtakor" yarim himoyachisi (hozirda "Surxon" a'zosi) Husniddin G'ofurov "Dinamo"ga qarshi safardagi bellashuv (4:1)da uchta golli pas bergandi.
Shu tariqa, bir o'yinda uchta samarali to'p uzatishni amalga oshirgan Doniyor Narzullaev 4-turning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Ma'lumot uchun, Narzullaev 2014-2019 yillar oralig'ida "Nasaf" tarkibida 82ta o'yinda maydonga tushgan (shundan 25tasida to'liq o'ynagan) va 5ta golli pas bergan.

Ayni paytga kelib Superliga-2020 assistentlari poygasi quyidagicha ko'rinish olgan:
Abbos G'ulomov ("Navbahor") 3ta golli pas
Doniyor Narzullaev ("Metallurg") 3ta
Sherzod Karimov ("Surxon") 2ta




