Superliga. OKMK Samarqandda mag'lubiyatni durangga aylantirdi

Iskandarov Abdulaziz
23 apr 2026, 22:05
Superliga 9-turi doirasidagi "Dinamo" – OKMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga

9-tur

"Dinamo" – OKMK 2:2 LIVE

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:15

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Abdurashid Erkinov

Zaxira hakami: Sanjar Ahmadov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Ruslan Serazitdinov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Shohruh Said

Gol: Abror Karimov (avtogol) 1, Jaloliddin Jumaboev 31, 2:0, Aziz Xolmurodov 53, 2:1, Urosh Koyich 88, 2:2

"Dinamo": 1.Edem Nemanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Sanjar Qodirqulov, 8.Aziz Amonov (77.Behruzbek Oblaqulov, 81), 10.Anvar Hojimirzaev (99.Ulug'bek Hoshimov,62) 15.Rasul Yo'ldoshev ( 22.Ulug'bek Abdullaev, 63), 17.Salim Mustafoev, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (4.Nurillo To'xtasinov, 63), 37.Firdavs Abdurahmonov (11.Xislat Halilov, 81), 44.Kingsli Sarfo.

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 14.Bahodir Nasimov, 16.Dramane Salou, 97.Til Mavretich,

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov (28.Arixiro Sentoku, 46), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Aziz Xolmurodov (11.Ali Abdurahmonov, 67), 10.Asadbek Sobirjonov (27.Urosh Koyich, 67), 17.Nodirbek Abdurazzoqov, 22.Saidafzalxon Axrorov (19.Ahmadullo Muqumjonov,46), 44.Abror Karimov (18.Rian Islomov, 73), 88.Siyavash Haqnazariy.

Zaxira: 23.Hamidullo Abdunabiev, 3.Shahzod Toirov, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 13.Eldorbek Begimov,

Ogohlantirish: Saidafazalxon Axrorov 45+2, Sanjar Qodirqulov 75

Chetlatish: Salim Mustafoev 22

Uchrashuv yakunlandi.

90+5. OKMKdan hujum. Nodir Abdurazzoqov vaziyatni yakunlashda muammoga duch keldi.

90+4. OKMKdan xavfli hujum, Rian to'pga yetib kela olmadi.

90+3. “Dinamo”da imkoniyat. Ammo, lekin, biroq…

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOL. Koyich hisobni tenglashtirdi. Papavaning uzatmasini Koyich boshi bilan golga aylantirdi, 2:2.

87. Oxirgi daqiqalarda o'yinda temp ancha oshdi.

81. O'ZGARISH. “Dinamo”, Abdurahmonov o'rniga Halilov, Amonov o'rniga Obloqulov tushdi.

79. Papavaning zarbasi o'ta noaniq.

76. Ulug'bek Hoshimov qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi.

75. OGOHLANTIRISH. Sanjar Qodirqulov, “Dinamo”

73. O'ZGARISH. OKMK, Abror Karimov o'rniga Rian Islamov tushdi

67. O'ZGARISH. OKMK, Sobirjonov o'rniga Koyich, Xolmurodov o'rniga Abdurahmonov tushdi.

63. O'ZGARISH. “Dinamo”, Anvar Hojimirzaev o'rniga Ulug'bek Hoshimov, Jahongir Abdusalomov o'rniga Nurillo To'xtasinov tushdi.

56. Ustunlik OKMK tomonida.

52. GOL. OKMK hisobni qisqartirdi. Nodirbek Abdurazzoqovning uzatmasini Aziz Xolmurodov boshi bilan golga aylantirdi.

46. O'ZGARISH. OKMK, Ahrorov o'rniga Muqimjonov, Qosimov o'rniga Sentoku tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+2. OGOHLANTIRISH. Saidafazalxon Axrorov, OKMK

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

35. OKMK hujumga o'tdi ammo yakun yo'q.

31. GOL. Bir kishi kam “Dinamo” uchrashuvda ikkinchi golni urdi. Jaloliddin Jumaboev jarima zarbasini ajoyib ijro etdi, 2:0

30. “Dinamo” jarima zarbasini ishladi.

29. OKMKning hujumi xavfli tus oldi, maydon egalari himoyachilari to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Jumaboev darvozaga qalqon bo'lib berdi.

24. O'ZGARISH. “Dinamo”, Rasul Yo'ldoshev o'rniga Ulug'bek Abdullaev tushdi.

22. Jarima to'pni “Dinamo” posboni qaytardi.

22. CHETLATISH. Oxirgi umid foli deb topildi va sariq qizilga aylandi.

20. Aske Najafaliev VAR oldiga ketdi. U qizil kartochkani ko'rmoqda.

19. Yo'q, OKMK jarima zarbasini tepadi. To'p qulay nuqtada, jarima maydonchsi chizig'ini ustida.

18. “Dinamo” himoyachisi Salim Mustafoev ogohlantirildi. Mezbonlar darvozasiga penalti belgilanishi mumkin.

16. Bu safar Anvar Hojimirzaevda imkoniyat yuzaga kelgan edi.

15. Yana Amonov omadini sinab ko'rdi. Samarasiz.

11. Amonovning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

5. Ustunlik mezbonlar tomonida.

1. GOL. “Dinamo” uchrashuvda tezkor gol urdi. Rasul Yo'ldoshev jarima zarbasini ijro etdi. Jarima maydonchasi ichida Qodirqulovning tepgan to'pi Abror Karimovga tegib darvozadan joy oldi.

  • O'yinga start berildi.

  • Jamoalar maydonga chiqib keldi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia