"Spartak" Kononov bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2018
"Spartak" yangi bosh murabbiyi Tulaning "Arsenal" klubi ustozi Oleg Kononov bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, qizil-oqlar 52 yoshli mutaxassis bilan shartnoma borasida kelishib olishdi. Bitim joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Kononovning "Arsenal"dan kyetishi so'roq ostida. Bitim bo'yicha, agar kelishuv buzilsa, mutaxassis tovon puli olmaydi.

Oldinroq, Nobel Arustamyan Oleg Kononov "Spartak" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod ekanligini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спорт-Экспресс