"So'g'diyona"ning keyingi raqibi "Olimpik". Ulug'bek Bakaev qila olmagan ishni Yorqin Nazarov uddalaydimi?

Iskandarov Abdulaziz
4 mar 2023, 16:31
"So'g'diyona" Superliganing bu mavsumini "Bunyodkor"ga qarshi o'yin bilan boshladi va ilk turdayoq mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

Shu tariq jazzaxliklarning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 12ta uchrashuvga etdi. "So'g'diyona" so'nggi marotaba chempionat doirasida 2022 yilgi mavsumning 15-turida Samarqandda "Dinamo"ni mag'lubiyatga uchratgandi. Bu hozirgacha Superligadagi oxirgi g'alaba bo'lib turibdi. 

Yana bir ma'lumot, "So'g'diyona" so'nggi 5ta uchrashuvdan so'ng ilk bor "Bunyodkor"ga mag'lub bo'ldi. "Qaldirg'ochlar" 2020 yil 25 noyabr kuni 24-tur doirasida jamoadan ustun kelgan edi. Yorqin Nazarov shogirdlari navbatdagi turni 10 mart kuni Zominda kecha "Paxtakor"ni mag'lub etgan "Olimpik"ka qarshi o'tkazadi. Jamoalar o'zaro o'yinlarda faqatgina o'tgan mavsum 2 marotaba to'qnash keldi (1:1, 0:1). Ulug'bek Bakaev qila olmagan ishni Yorqin Nazarov uddalaydimi? Bordi-yu, bu bahsda ham "So'g'diyona" mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsa, bu Yorqin Nazarov uchun yaxshigina ogoxlik qo'ng'irog'i bo'ladi.  


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia