

"Yangi mavsum arafasida yuksak maqsadlar sari qadam tashlayotgan So'g'diyona jamoasi tarkibni kuchaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda. Bugun klubimiz tajribali futbolchi Aleksandr Bolevich bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2026 yil yakuniga qadar amal qiladi", -deyiladi klub bergan ma'lumotda.
Aleksandr Bolevich faoliyati davomida "Zeta", PSV, "Eypen", "APOEL" hamda "Jeleznichar" jamoalarida o'ynagan.
Shuningdek, futbolchi Chernogoriya milliy terma jamoasi safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.



