"So'g'diyona" "Navbahor"ning ikki himoyachisiga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
21 dek 2023, 17:35
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini kuchaytirmoqchi.

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, Ivan Boshkovich "lochinlar" himoyachilari Milosh Milovich va Luka Chermelni o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Ma'lumot uchun, 2023 yilda Milovich "Navbahor" tarkibida barcha musobaqalarda jami 32ta o'yinda maydonga tushib 3ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chermel esa yakuniga etayotgan yilda jami 13ta bahsda ishtirok etdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia