Skaloni: "Messini Argentina terma jamoasiga qaytarish uchun muzokara o'tkazishimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
29 dek 2018, 17:43
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni "Barselona" hujumchisi Lionel Messi milliy jamoaga qaytishiga umid qilmoqda.

"Messi bilan kam gaplashaman, ammo bog'lanib turamiz. Lionel 2019 yilda terma jamoaga qaytishini istayman. Buning uchun muzokara o'tkazishimiz va u yaxshi o'tishiga umid qilishimiz kerak. Har qanday murabbiy Messi bilan ishlagisi keladi" - deydi Skaloni.

31 yoshli Messi Rossiyadagi JCH-2018dan so'ng milliy jamoada bu yil o'ynamasligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal