Skaloni Argentina terma jamoasidagi faoliyatini Amerika Kubogi-2024dan keyin yakunlaydi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2023, 15:10
Qita chempionati "albiseleste" bosh murabbiyi uchun oxirgisi bo'ladi.

Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni Amerika Kubogi-2024 dan keyin jamoani tark etadi, deya xabar berdi jurnalist Leo Paradiso.

Skaloni o'tgan hafta "albiseleste"dagi kelajagi haqida o'ylash uchun vaqt ajratishini va ehtimol, yo'llar ayro bo'lishini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Lionel Skaloni boshchiligidagi Argentina terma jamoasi o'tgan yili ko'p yillardan beri ilk bor jahon chempioni bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ClutchPoints