Simonenko "Bunyodkor" ustidan FIFA sudiga arz qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2014, 10:46
"Bunyodkor" klubi sobiq futbolchisi Sergey Simonenko Tosheknt klubi ustidan FIFA sudiga arz qilmoqchi

U bu niyati haqida Ukrainaning “Sport.ua” nashri jurnalisti bilan suhbat chog'ida ma'lum qilgan.

Sergey Simonenko “Bunyodkor” jamoasi murabbiylar tarkibida o'zgarish yuz berib, Mirjalol Qosimov o'rniga Sergey Lushan kelgach, ichki muhit buzilib, o'ziga nisbatan munosabat ham sovuqlashgani haqida gapirib o'tgan. Futbolchining aytishicha, Sergey Lushan uni hech bir sababsiz zaxiraga o'tqazib qo'ygan. Shuningdek, ukrainalik legionerga 5 oylik maoshi ham berilmagan. Bu borada jamoa rahbariyatiga murojaat qilishlari esa javobsiz qolib ketgan. Endilikda, 1-dekabrda jamoa bilan shartnomasi tugagan futbolchi sobiq jamoasini FIFA sudiga berishdan o'zga chorasi qolmaganini aytmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport.ua