

29 yoshli futbolchi shundoq ham oxirgi o'yinlarda zaxirada qolib ketayotgandi. Keyinchalik esa jamoa mashg'ulotlarida ko'rinmay qoldi.
Natijada mavsum yakunlanganidan so'ng uning “Loko” bilan xayrlashgani ma'lum bo'ldi. Eslatib o'tamiz, 29 yoshli himoyachi bu yil oliy liga doirasida 14ta o'yinda maydonga tushdi. Biz Mullajonovning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.



