So'nggi daqiqalarda kiritilgan gol OKMKga "Lokomotiv" ustidan g'alabani taqdim etdi

Nozimov Nig'monxo'ja
27 apr 2026, 20:50
Superliga 10-turidan o'rin olgan OKMK – "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

10-tur

OKMK – “Lokomotiv” 2:1

Gol: 54 - Sardor Mirzaev (Muhammadali Reimov), 72 - Avazbek O'lmasaliev (Arixiro Sentoku)

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Shavkat Rahmatov

Zaxira hakami: Gulshoda Saitqulova

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Alisher Usmonov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

🟥Komissar: Bekzod Aripov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov ( 28.Arixiro Sentoku,69), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Aziz Xolmurodov (11.Ali Abdurahmonov, 85), 10.Asadbek Sobirjonov, 17.Nodirbek Abdurazzoqov (22.Saidafzalxon Axrorov, 54), 19.Ahmadullo Muqumjonov (27.Urosh Koyich,54), 44.Abror Karimov (.Shahzod Toirov, 46), 88.Siyavash Haqnazariy.

Zaxira: 23.Hamidullo Abdunabiev, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 13.Eldorbek Begimov, 18.Rian Islomov,

"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Bilol Tupliev (7.Quvonchbek Abraev,75), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Aleksandar Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (14.Nikolay Ivanov, 66), 18.Oleksandr Kucherenko, 28.Shuhrat Muhammadiev (26.Abdulloh Yo'ldoshev,86), 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich, 70.Muhammadali Reimov (10.Shodiyor Shodiboev, 86).

Zaxira: 16.Danil Baklanov, 22.Sunnatilla Poyonov, 23.Diyor Turopov, 88.Islombek Baratov, 99.Muhriddin Zoirov.

🟨 Ogohlantirish: 62 - Nodir Abdurazzoqov, 65 - 33.Oleg Zoteev

Uchrashuv yakunlandi!

90+3. Temurxo'janing yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Ilyosov qaytardi

90. GOOOL. Nodir Abdurazzoqov hisobni o'zgartirdi. Qosimov jamoasi so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib kyetishi mumkin

89. Ivanovning zarbasidan so'ng Ilyosov qaytardi

87. Shodiboev va Yo'ldoshev maydonga tushdi, ular Reimov va Muhammadalievni alishtirishdi

85. Xolmurodovning o'rniga Abdurahmonov maydonga tushdi

84. Abraev juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

78. Nodir yana bir qulay vaziyatdan foydalana olmadi, biroq gol bo'lgan taqdirda ham hakam ofsayd qayd etgan bo'lardi

75. Abraev To'plievning o'rniga maydonga tushdi

74. Nodir Abdurazzoqovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

72. GOOOL. Hisob tenglashdi. O'lmasaliev hisobni tenglashtirdi. Ahrorovdan ajoyib uzatma

69. Sentoku Qosimovning o'rniga maydonga tushdi

66. Ivanov maydonga tushdi, Mirzaev maydoni tark etdi

🟨 65. Ogohlantirish. Zoteev ogohlantirildi

🟨 62. Ogohlantirish. Nodir Abdurazzoqov Kozlovga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

59. Ahrorov va Koyich maydonga tushdi, ular Muqimjonov va Sobirjonovni alishtirishdi

54. GOOOL. Sardor Mirzaev hisobni ochdi. Gol muallifi sobiq jamoasiga hurmat tariqasida golini nishonlamadi. Reimovdan super uzatmani ham alohida takidlash lozim

53. "Lokomotiv" vakillari ketma-ket ikki marta burchak zarbasini amalga oshirishdi, biroq har ikkisida ham "konchilar" himoyachilari yaxshi o'ynadi

46. O'zgarish. Karimovning o'rniga Toirov maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

44. Nodirbek Abdurazzoqovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

38. Mirjamol Qosimov burchakdan to'g'ri zarba yo'lladi, Kozlov yaxshi harakat qildi

25. Mehmonlarda ajoyib imkoniyat. Yovan Nishichning zarbasi ustunga tegdi, qaytgan to'pni To'pliev ham zarba yo'lladi, Ilyosovdan seyv

19. Endi Sobirjonov juda yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi

17. Kucherenkoning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

13. Nodir Abdurazzoqov juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi

5. Mezbonlarda ham ilk xavfli vaziyat sodir bo'ldi. Nodirbek Abdurazzoqovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

2. Bilol To'pliev uchrashuvdagi ilk zarbani amalga oshirdi. Biroq mehmonlar futbolchisining zarbasi noaniq ketdi

Uchrashuv boshlandi!


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: Championat.asia