"Shanxay SIPG" nazorat uchrashuvida Belgiya klubiga mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2017
Hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepadigan "Shanxay SIPG" kecha Belgiyaning "Eypen" klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

"Al-Batin"ga qarshi nazorat uchrashuvida asosiy tarkibda bo'lgan Odil Ahmedov bu safar birinchi bo'limda maydonga tushmadi. O'tgan bahsda zaxirada bo'lgan Xalk va Oskar esa bu safar asosiy tarkibda maydonga tushdi.


Oskar "Feysbuk" orqali bu o'yinda 45 daqiqa harakat qilganini ma'lum qilgan.


Zaxiradan maydonga tushgan Odil Ahmedov ikkinchi bo'limda jamoa sardori sifatida o'ynadi.


Uchrashuvdagi yagona gol 77-daqiqada kiritildi. "Eypen" futbolchisi Florian Tolemas penaltidan gol urib, nazorat uchrashuvida o'z jamoasiga g'alaba keltirdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia