A Seriya. "Lacio" va "Udineze" bahsi "yondi": So'nggi 10 daqiqada 4 ta gol!

Aslanov Jasurbek
28 apr 2026, 02:18
Italiya A Seriya 34-turining so'nggi uchrashuvi Rimdagi "Olimpiko" stadionida haqiqiy drama bilan yakunlandi.

"Lacio" va "Udineze" jamoalari o'rtasidagi bahsda muxlislar 3:3 hisobidagi jangovar durangga guvoh bo'lishdi.

Kevin Bonachina boshqargan o'yinda hisob 18-daqiqada mehmonlar himoyachisi Kingsli Exizibue tomonidan ochildi. Ikkinchi bo'lim boshida Luka Pellegrini muvozanatni tikladi. O'yinning eng qiziqarli va "aql bovar qilmas" qismi esa so'nggi daqiqalarga to'g'ri keldi:

80-daqiqa: Pedro "Lacio"ni oldinga olib chiqdi - 2:1.

86-daqiqa: Artyur Atta hisobni tenglashtirdi - 2:2.

90+3-daqiqa: Atta dubl qayd etib, "Udineze"ni g'alabaga yaqinlashtirdi - 2:3.

90+5-daqiqa: Daniel Maldini so'nggi soniyalarda Rim klubini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi - 3:3.

Ushbu durangdan so'ng "Lacio" 48 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'rinda qolmoqda. "Udineze" esa 44 ochko bilan 11-pog'onani egallab turibdi.

“Lacio” - “Udineze” 3:3

Gollar: Pellegrini 46, Pedro 80, Maldini 90+5 - Exizibue 18, Atta 86, Atta 90+3.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia