Sautgeyt Angliya terma jamoasidan ketishi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2024, 09:53
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Yevropa chempionatidan so'ng jamoadan ketishi haqidagi gap-so'zlarga o'z munosabatini bildirdi.

"Kelajagim? Men Evro-2024 boshlangunga qadar qaror qabul qila olmayman. Yagona vazifam - Angliya bilan turnirda g'alaba qozonishga harakat qilish. Nazarimda, biz yozda muvaffaqiyatga erisha olamiz", - dedi Sautgeyt. 

Eslatib o'tamiz, Angliya Evro-2024 musobaqasida Sloveniya, Daniya va Serbiya bilan bir guruhdan o'rin olgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sport