Rasman: "Paxtakor" Sardor Sobirxo'jaev bilan yangi shartnoma imzoladi!

Omonjon To`xtamirzayev
31 dek 2025
Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi tajribali yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev bilan 2 yillik yangi bitim imzoladi. 

"Yangi murabbiy, yangicha qarash.  Men “Paxtakor” muxlislari bilan birgaman. Biz yangi mavsumda chempion bo'lishimiz kerak va bu borada mehnat qilamiz”, - deydi Sardor Sobirxo'jaev. 

"Bizning vazifa jamoaning negizini saqlab qolish edi. Bu missiya bajarildi! 

Sardor Sobirxo'jaev keyingi 2 ta mavsumni o'z jamoasida o'tkazadi!" - deyiladi klub xabarida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia