Sanjar Tursunov Janubiy Koreya klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2018
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi.

Qatarning "Al Xaraytiyat" klubidan ketgan Tursunov "Tedjon Sitizen" klubi bilan kelishuvga erishdi.

Koreyaning K2-ligasida (bizning PRO-liga bilan teng maqom) o'ynaydigan mazkur klubda o'zbekistonlik Shohruh Gadoev ham faoliyat olib bormoqda.

Ayni paytda "Tedjon" 20ta turdan so'ng 22 ochko bilan 10ta jamoa orasida 9-o'rinda bormoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia