Ikrom Aliboev "Tedjon"ni tark etdi

Alisher
5 yanv 2022
2021 yilgi mavsum Janubiy Koreyaning K-2 ligasi vakili "Tedjon" safida o'tkazgan hamyurtimiz Ikrom Aliboev to'p tepdi.

Ma'lum bo'lishicha, Aliboev "Tedjon"ni tark etdi. Futbolchi bilan bog'langanimizda uning shartnomasi tugagani bois, jamoa bilan xayrlashganini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Aliboev 2021 yilning mart oyida jamoa bilan shartnoma imzolagan edi. 

Klub safida yakunlangan mavsumda 17ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Avvalroq Oleg Zoteev va Jamshid Iskanderov ham jamoalari bilan xayrlashganini ma'lum qilgan edik.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia