"Man Siti" Kanada termasi futbolchisi uchun 50 mln funt to'laydi

Omonjon To`xtamirzayev
11 dek 2023
"Bryugge" va Kanada termasi futbolchisi Teyjon Byukenen faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Manchester Siti" 24 yoshli xavbekni yanvar oyidayoq o'z safiga qo'shib olishni niyat qilgan. "Bryugge" futbolchisini 50 mln funt sterling evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Bu mavsum Byukenen "Bryugge" safida 20 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive