

Klub tibbiy bo'limi tavsiyasiga ko'ra Qodirqulov dastlab yakka tartibda engil shug'ullangan bo'lsa-da, yakunda uning jarohati bo'yicha jarrohlik amaliyoti o'tkazish shartligi xulosasiga kelindi.

Sanjarning chap oyoq tizza loteral meniskning yirtilishi tashxisi bilan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tkazildi.
Klub bosh shifokori Izzat Abduvohidovning ma'lum qilishicha, Sanjar Qodirqulovning jarohatidan tiklanib safga qaytishi uchun taxminan 1 oydan ko'proq vaqt talab etiladi.



