Sampdoriya – Jenoa. O'yin 24 fevralga qoldirildi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2015
Italiya A seriyasining 24-turidan o'rin olgan Sampdoriya va Jenoa o'rtasidagi o'yin kuchli yomg'ir tufayli 24 fevralga qoldirildi.
Jenoa o'yinni dushanba kuni o'tkazishni taklif qilgandi, Sampdoriya esa 3 va 11 martni taklif qildi. Italiya A seriyasi rahbariyati esa o'yinni seshanba kuniga ko'chirdi (mahalliy vaqt bilan 17.30da).

Eslati bo'tamiz, Genuya shahridagi kuchli yomg'ir yog'ishi natijasida shanba kuni o'tishi kerak bo'lgan o'yin qoldirilgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru