Samaras "Sautgempton" qiziqishlari doirasida

Aziz Tukhtamuradov
5 avg 2014
"Sautgempton" ayni paytda erkain agent maqomida yurgan Georgios Samarasni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Gretsiyalik futbolchi sal avvalroq Xitoy, Rossiya va Turkiya jamoalari tomonidan qilingan taklifga rad javobini bergandi va faoliyatini kuchli chempionatlardan birida davom ettirishni istashini aytib o'tgan edi.

Bungacha futbolchi bir paytlar APLda "Manchester Siti" safida to'p surib, ikkita mavsumda 54 ta o'yinda maydonga tushgan va 8 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgandi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru