Saidkomil Akbarov Tojikiston klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2015
Bekobodning “Metallurg” klubida bir necha yillardan buyon o'ynab kelgan Saidkomil Akbarov “Istiqlol” klubiga ko'chib o'tdi.
Ushbu jamoa 2015 yil OFK kubogida ishtirok etadi. Bu musobaqada ham klublar 3+1 tizimida legionerlarni ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin. O'zbekistonlik himoyachi aynan bitta osiyolik futbolchi limitini to'ldirdi.

Saidkomil Akbarov 2008 yildan buyon “Metallurg” sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia