

- "So'g'diyona" bizni qoyil qoldirdi. Bizga qarshi jizzaxliklar teng o'yin ko'rsatishdi. Ular vaziyatni o'z tomonlariga og'dirib olishlari ham mumkin edi. Bugun asosan o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilarga imkoniyat bergandik. Ularga o'yin amaliyoti kamligi sezilib qoldi. Shunga qaramay biz qiyin va juda kerakli g'alabani qo'lga kiritdik. Chempionlik masalasi? Bizda hali nazariy jihatdan imkoniyat mavjud va bu uchun biz oxirigacha kurashamiz, - deydi Berdiev.



