Ronaldu Real to'purarlari orasida 4-o'ringa chiqib oldi

Narzulla Saydullayev
24 noya 2013, 11:59
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 13-turida Almeriyaga gol urib (5:0) o'z hisobiga klub safidagi primerodagi 164-golni yozib qo'ydi.
Shunday qilib, Ronaldu bu borada Ugo Sanches bilan tenglashib oldi.

Endi Krishtianu Ronaldu uchta futbolchidan ortda qolmoqda xolos: Raul – 228 ta gol, Alfredo Di Stefano – 216, Santilyana – 186. Bu faqat Ispaniya chempionati o'yinlarida urilgan gollar ekanini alohida takidlamoqchimiz.

Bu mavsumda Ronaldu Ispaniya chempionatida 14ta o'yinda 17ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru