Ronaldinyo "Keretaro"dagi debyutida penaltidan gol ura olmadi

Aslanov Jasurbek
18 sen 2014, 12:26
Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, Meksikaning "Keretaro" tarkibiga o'tgan Ronaldinyo, o'zining jamoadagi ilk uchrashuvida penaltidan foydalana olmadi.

"Tigres"ga qarshi milliy chempionatning uydagi uchrashuvida, 0:1 hisobida yutqazib turgan mezbon jamoa futbolchisi Ronaldinyo 62 daqiqada penaltini amalga oshira olmay, muxlislarni xursand qila olmadi.

Qolgan yarim soat davomida mezbonlar raqib darvozasini ishg'ol eta bilmadi va kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com