Rojers: "Sterling - dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri"

Aslanov Jasurbek
4 may 2019, 15:00
"Lester Siti" bosh murabiyi Brendan Rojers "Liverpul"da birga ishlagan shogirdi, ayni damda "Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan Raxim Sterling haqida fikr bildirdi.

"Sterlingda menga yoqqan narsa u o'smirligidan kim bo'lmoqchi ekanligini yaxshi bilardi. U o'z yoshida dunyoning eng yaxshilaridan biri bo'lmoqchi edi. Hozir Raxim katta o'sishga erishgan. U mehnatkash yigit va iqtidor tufayli biror narsa bo'lishini kutadigan inson emas.

Sterlingning "Manchester Siti"ga o'tishi pulga bog'liq emas. Agar gap pul haqida bo'lganida u "Liverpul"da qolishi mumkin edi. Ammo Sterling yanada kuchli futbolchi bo'lishni istagan" - deydi Rojers.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com