Rednapp: "Bu bo'yi bilan Martines APLda raqobatbardosh bo'la olmaydi"

Mirjalol Normatov
14 avg 2022
Jeymi Rednappning fikriga ko'ra, Lisandro Martinesga "Manchester Yunayted"da juda qiyin bo'ladi.

"Agarda Siz jamoangizga 175 santimetrli himoyachini olib kelayotgan bo'lsangiz, u APLda raqobatbardosh bo'la olmaydi. Balki u o'zining chempionatida zo'r bo'lgandir, chunki u yerda jismoniy kurashlar ko'p bo'lmaydi.

APLda esa istalgan jamoa nozik tomondan foydalanishga harakat qiladi, mana "Brentford" ham buni uddaladi. Bunga qadar "Brayton" ham shunday bo'lgandi, endi navbat "Liverpul"ga. Barcha raqib uning past bo'yidan foydalanadi", - dedi sobiq futbolchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal