"Real"ga "Manchester Siti" himoyachisini taklif qilishdi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2025, 00:48
Manuel Akanji "Real"da o'ynash niyatida.

Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko'ra, so'nggi haftalarda Madrid klubiga turli takliflar kelib tushdi, shulardan biri "Manchester Siti"ning markaziy himoyachisi Manuel Akanjini sotib olish bo'ldi. "Real"dagilar bu xabardan hayratlanishdi.  

Takidlanishicha, hozirda jarohatdan tiklanayotgan shveytsariyalik futbolchi yangi jamoada o'zini sinab ko'rish va vaziyatni o'zgartirish istagida. Biroq Akanjining transferi "Real"ning yosh futbolchilarni sotib olishga qaratilgan strategiyasiga mos kelmaydi. Ushbu strategiyaga ko'ra, klub uzoq vaqt davomida ustunlik qila oladigan yoshlarga e'tibor beradi.  

Joriy mavsumda 29 yoshli himoyachi APLda 20 ta o'yin o'tkazdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca