"Real" yarim himoyani kuchaytirish uchun ustuvor transfer maqsadini belgilab oldi

26 apr 2026, 14:25
"Arsenal" yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

Madrid klubi futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. “Qaymoqranglilar” rahbariyatiga o'yinchining taktik tafakkuri yoqadi.

Martin Subimendi joriy mavsumda "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 50 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Manba: Fichajes