"Real" sobiq futbolchisi: "Vinisius engil teginishdan keyin yiqilib, qizil kartochka talab qiladi. Bu juda asabga tegadi"

Aslanov Jasurbek
8 apr 2026, 14:35
"Real" sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart "Qirollik klubi" vingeri Vinisius Juniorning maydondagi harakatlarini keskin tanqid qildi.

Van der Vart va "Ayaks" sobiq himoyachisi Danni Blind "Ziggo Sport" efirida YCHL 1/4 finali doirasidagi "Real" - "Bavariya" (1:2) uchrashuvini tahlil qilishdi. Ko'rsatuv davomida mutaxassislar braziliyalik futbolchining o'zini tutishi haqida to'xtalib o'tishdi.

Van der Vart: "Dahshatli holat".

Blind: "Qarang, u hamon katta xavf tug'dirmoqda. O'zining tezligi bilan u 61-daqiqadagi vaziyatda Noyerni aldab o'tishi mumkin edi. Lekin, albatta, u yana asabimizga tegdi. U har bir kichik to'qnashuvni penalti deb hisoblaydi".

Van der Vart: "Uni bu ishni to'xtatishga qanday majburlash mumkin? Menimcha, bu juda achinarli, chunki u juda yaxshi o'yinchi. Aslida bu haqda gapirishni xohlamayman, lekin bu haqiqatan ham insonni g'azablantiradi. U engilgina turtishdan keyin yiqiladi, so'ng o'rnidan turib raqibga qizil kartochka so'raydi. Bu juda mahzun holat".

Eslatib o'tamiz, Vinisius Juniorning maydondagi simulyaciyalari va hakamlar bilan bahslari so'nggi paytlarda ko'plab ekspertlarning etirozlariga sabab bo'lmoqda. Uchrashuvda "Real" o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi va endi javob bahsida vaziyatni o'nglashi talab etiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Voetbalzone