"Barselona"ning sobiq futbolchisi Jahon chempionatidan keyin Meksika terma jamoasiga murabbiylik qiladi

22 apr 2026, 09:20
"Barselona" va Meksika terma jamoasining sobiq futbolchisi Rafael Markes 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin milliy terma jamoaning bosh murabbiyi bo'ladi.

Bu qarorni Meksika futbol federatsiyasi direktori Duilio Davino e'lon qildi. 47 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Markes hozirda aver Agirrening shtabida faoliyat olib bormoqda, u JCH yakunidan so'ng aynan aver Agirre o'rnini egallaydi.

Markes murabbiylik faoliyatini "Barselona"da boshlagan va ilgari Yevropa va Meksika klublarida, jumladan, "Monako" va "Nyu-York Red Bulls"da o'ynagan. Milliy terma jamoa bilan u Konfederatsiyalar kubogi va ikkita KONKAKAF oltin kubogini qo'lga kiritgan.


Manba: sports.ru