"Real" 17 yoshli shotlandiyalik futbolchiga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
28 sen 2013, 18:44
"Dandi Yunayted" yarim himoyachisi Rayan Gold "Real" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, Madrid klubi skautlari 17 yoshli futbolchini kuzatishgan. Uning jamoadoshi Jon Rankin yosh futbolchini maqtadi.

– Rayanni buyuk kelajak kutmoqda, – deydi Rankin. – Uning qobiliyati juda katta. Unga "Real" qiziqayotgani tabiiy. Bunday qiziqishga loyiq futbolchi. Bir kun kelib Rayan katta klubga o'tishiga ishonaman.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru