Ravshan Ermatov va Aziz Asimov OCHLdan o'rin olgan uchrashuvlarga tayinlanishdi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2019, 17:47
Hamyurtlarimiz FIFA referisi Ravshan Ermatov va Aziz Asimov Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlarni boshqarib borishadi.

Jumladan, Ravshan Ermatov 5 mart kuni bo'lib o'tadigan Qatarning "Al-Duhayl" va Eronning "Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga tayinlangan. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

Aziz Asimov esa 6 mart kuni Janubiy Koreyaning "Chonbuk Xyunday Motors" va Xitoyning "Beycin Goan" jamoalari o'rtasidagi o'yinda ishlaydi. Unga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam beradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz