

Jumladan, Ravshan Ermatov 5 mart kuni bo'lib o'tadigan Qatarning "Al-Duhayl" va Eronning "Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga tayinlangan. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.
Aziz Asimov esa 6 mart kuni Janubiy Koreyaning "Chonbuk Xyunday Motors" va Xitoyning "Beycin Goan" jamoalari o'rtasidagi o'yinda ishlaydi. Unga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam beradi.



