Ravshan Ahmedov: "Olimpik"ning barcha jabhalarda "Lokomotiv BFK"dan ustunligi ko'rinib turdi"

Omonjon To`xtamirzayev
20 apr 2024, 19:10
O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Olimpik" - "Lokomotiv BFK" (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Ahmedov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Barcha jabhalarda raqibning ustunligi ko'rinib turdi. Superliga jamoasi bilan o'yin futbolchilarga yaxshi tajriba vazifasini o'taydi deb o'ylayman. Futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni bajarishga harakat qilishdi. Qizil kartochkani esa ko'rib chiqamiz. Albatta xatolar bor. Buni tahlil qilamiz va keyingi o'yinlarga tayyorgarlikni boshlaymiz".

- Jamoa o'tgan yili kubokda yorqinroq taassurot qoldirgandi. Bu yil nima yetishmayapti?
- Tarkibimizda akademiyamizning tarbiyalanuvchilari bor edi. Ularni boshqa jamoalarga qo'yib yubordik. Ko'proq tajriba to'plashlari uchun harakat qilmoqdamiz. Shunday o'yinlar orqali katta futbol ko'nikmasi shakllanadi. Bunga qadar "Chig'atoy" bilan yomon o'ynamagandik. Baribir Superliga jamoasi bilan farq bor. Nima ham derdim ishlashda davom etamiz.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia