Rasmiy xabar: Patris Evra - Yuventus futbolchisi

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2014, 20:18
Manchester Yunayted himoyachisi Patris Evra Yuventusga ko'chib o'tdi, deb xabar bermoqda Turin klubi rasmiy sayti.
Kelishuv ikki yilga mo'ljallangan.

Futbolchi 1,2 million funt (1,5 million evro) evaziga Italiya klubiga o'tdi. Yuve ushbu pulning yarmini hozir, qolgan yarmini 2015 yil 1 iyuliga qadar to'laydi.

Agar Yuventus keyingi mavsum YCHLiga yo'llanma olsa yana 0,3 million funt to'laydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru