

Tiago Alkantara "Barselona" murabbiylar shtabiga rasman qo'shildi. Katalon klubi buni e'lon qildi.
33 yoshli Tiago iyul oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. Alkantara "Barselona"da Xans-Diter Flikning yordamchisi bo'ladi.
"Barsa"ning sobiq yarim himoyachisi jamoaning AQSHdagi turnesida yangi poziciyasida faoliyatini boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, Flik va Alkantara 2019-2020 yilgi mavsumda "Bavariya"da birga faoliyat olib borishgan. O'shanda nemis klubi trebl qayd etgandi.




