Rasman: MYU Lisandro Martines transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2022
"Manchester Yunayted" "Ayaks" a'zosi Lisandro Martines sotib olinganini ma'lum qildi.

Angliya klubi futbolchining transferi bo'yicha "Ayaks" bilan kelishuvga erishganini e'lon qildi. "Manchester Yunayted" Lisandro bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olsa, transfer rasmiylashtiriladi. Futbolchi hali tibbiy ko'rikdan o'tishi, Britaniya vizasini olishi lozim.

Avvalroq "Manchester Yunayted" 24 yoshli futbolchi uchun 54+10 million evro to'lashi xabar qilingandi.

Lisandro o'tgan mavsumda "Ayaks" safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Futbolchi himoyachi markazida, himoyaning chap qanotida va tayanch nuqtasida o'ynay oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com